Tashkilotlar uchun xizmat turlari
Har xil turdagi zararkunandalarni professional nazorat qilish va yo'q qilish, binolarni dezinfeksiya qilish, tashkilotingiz ishlashi uchun zarur bo'lgan sanitariya hujjatlarini tayyorlash va ro'yxatdan o'tkazish.
Bermuda kompaniyasi Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida xususiy uylar va hovlilar uchun professional dezinfeksiya va deratizatsiya xizmatlarini taklif qiladi. Biz ushbu sohada uzoq yillik tajribaga egamiz va xususiy sektorda yetakchi hisoblanamiz. Ushbu sahifada bizning xizmatlarimizning afzalliklari ko‘rsatilgan. Shuningdek, uylarda va hovlilarda hasharotlar va kemiruvchilardan qutulish uchun kompaniyamizda buyurtma berish mumkin bo‘lgan asosiy xizmat turlari sanab o‘tilgan.

O‘zbekistonda uylar uchun dezinfeksiya xizmatini qayerdan buyurtma qilish mumkin: afzalliklarimiz
Hovlilar va uylarda zararli hasharotlar hamda kemiruvchilarni yo‘q qilish — faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yillar davomida xodimlarimiz yuzlab shunday buyurtmalarni bajargan va mijozlarda ijobiy taassurot qoldirgan. Agar siz dala hovlilaringizda yoki kottejda deratizatsiya yoki dezinseksiya ishlari uchun murojaat qilsangiz, quyidagi qulayliklarga ega bo‘lasiz:
- Kafolatlangan natija, uzoq muddatli majburiyatlar bilan tasdiqlanadi;
- Sertifikatlangan va xavfsiz vositalar uylar va hovlilarni dezinfeksiyalash uchun;
- Har qanday murakkablikdagi obyektlarda ish olib borish — katta tajriba evaziga;
- Chaqiruv kuni o‘zida kelib xizmat ko‘rsatish imkoniyati;
- Toshkent bo‘yicha eng minimal narxlar uy va hovlilardagi dezinfeksiya uchun;
- Individual yondashuv, shaxsiy chegirmalarni ham o‘z ichiga oladi;
- Uy yoki hovlini tekshirish uchun mutaxassislarning bepul chiqishi.
Bularga qo‘shimcha tarzda kompaniyamizning tajribali mutaxassislari tomonidan maslahatlar ham beriladi. Maslahat olish uchun biz bilan chat orqali yoki kompaniyaning elektron pochta manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.
“Bermuda” kompaniyasining hovli va uylarda ko‘rsatadigan dezinfeksiya ishlari
Yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklarga qo‘shimcha tarzda, biz keng ko‘lamli xizmat turlarini ham taklif qilamiz. Agar siz hovlida dezinseksiya yoki xususiy uyda deratizatsiya buyurtma qilmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan barcha keng tarqalgan zararli jonivorlardan qutulishingiz mumkin.
Mutaxassislarimizning tajribasi va ularning ixtiyorida bo‘lgan dezinfeksiya vositalari yordamida uyingizni yoki hovlingizni sichqon va kalamushlar, kurtlar, tarakanlar, chivinlar, pashshalar, skarpyonlar va chumolilardan maksimal samarali tarzda tozalashimiz mumkin. Professional xizmatga buyurtma bering va bu yoqimsiz “qo‘shnilar”dan butunlay qutuling!