Dala-hovli, hovli, xonadonlarda chumolilarni yo’q qilish

Natijalar kafolati bilan chumolilarga qarshi samarali kurash.

Kvartirada, uydagi va hovlidagi chumolilarni yo'q qilish

Narxi 150 ming so‘mdan boshlab. Aniqlashtirish uchun qo‘ng‘iroq qiling.

Bermuda dezinfeksiya markazi Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida chumolilarni yo‘q qilish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi. Kompaniyamizda bu borada katta tajriba mavjud. Biz chumolilarga qarshi eng samarali uskunalar va preparatlardan foydalanamiz. Xizmatlarimiz xususiy mijozlar va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Toshkent va boshqa hududlardagi obyektlarda chumolilarni yo‘q qilish bo‘yicha xizmatlarimizga barcha mijozlar uchun qulay shartlar va bajarilgan ishlar uchun kafolat beriladi. Ushbu sahifada chumolilarni professional yo‘q qilishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, bu yerda chumolilarga qarshi dezinfeksiya xizmatlari bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollarga javoblar keltirilgan.

Chumolilarga qarshi professional dezinfeksiya: bizning afzalliklarimiz

"TARGET UNIVERSAL GROUP" MChJ 10 yildan ortiq faoliyati davomida o‘nlab yirik kompaniyalar va tashkilotlar, minglab xonadon egalari xizmatlarimizdan foydalandi. Mijozlar turli sabablarga ko‘ra bizni tanlaydilar, eng muhimlari quyidagilar:

  • rasman kafolatlangan natija;
  • chumolilarga qarshi xavfsiz va yuqori samarali preparatlar;
  • har bir mijozga individual yondashuv, doimiy mijozlar uchun chegirmalar;
  • Toshkentda profilaktik va yo‘q qiluvchi dezinfeksiya xizmatlari uchun maqbul narxlar;
  • ish boshlanishidan oldin obyektni bepul ko‘zdan kechirish.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda, biz bepul ekspert maslahatlarini ham taqdim etamiz. Qo‘ng‘iroq qilganingizda, chumolilarga qarshi dezinfeksiya qanday o‘tkazilishi, uning narxi va xonani tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlar olasiz. Zarurat tug‘ilsa, maslahatchilar sizga chumolilardan mustaqil qutulish usullarini ham tushuntirib beradi. Ammo aytib o‘tamiz: bunday harakatlar tavsiya etilmaydi. Har qanday xatolik vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Bu esa dezinfeksiya vaqtida preparat miqdorini oshirishga olib keladi (va narx ham oshadi). Shuning uchun avval tez-tez beriladigan savollarni o‘qib chiqing. Ehtimol, sizni qiziqtirgan ma’lumot shu yerda topiladi. Agar topilmasa — bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki email yozing. Mutaxassislar sizga barcha kerakli ma’lumotni taqdim etadi.

Chumolilarga qarshi dezinfeksiya bo‘yicha FAQ

  • Qanday texnologiyalardan foydalanasiz? — Kompaniyamiz turli metodlarni qo‘llash imkoniyatiga ega. Odatda biz mayda tomchili purkash usulidan foydalanamiz. Kimyoviy dezinfeksiyada esa muhim omil — preparatni tanlash va uning kontsentratsiyasidir.
  • Foydalaniladigan vositalar sog‘liq uchun xavflimi? — Yo‘q. Biz inson va hayvonlar uchun xavfsiz bo‘lgan IV toifa (eng past xavfli) preparatlardan foydalanamiz. Ular FOS, piretroidlar, karbamatlar yoki ularning kombinatsiyalariga asoslangan.
  • Chumolilar xonaga qanday kirib keladi? — Har xil turlari turlicha sabablar bilan xonadonlarga kirib keladi. Ko‘pincha bu daraxtlar yaqinligida joylashgan binolarda sodir bo‘ladi. Shuningdek, ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orqali ham kirib kelishi mumkin.
  • Ularni paydo bo‘lishining oldini qanday olish mumkin? — Gigiyena qoidalariga amal qilish, tozalikni saqlash zarur. Yeguliklar yopiq idishlarda saqlanishi, chiqindilar esa vaqtida chiqarilishi kerak. Chumolilar paydo bo‘lsa, ularni o‘zingiz yo‘q qilishga harakat qilmang — bu vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin. Yaxshisi, bizning mutaxassislarimizga murojaat qiling.
  • Chumolilarni yo‘q qilish narxi nimaga bog‘liq? — Asosiy omillar: xonadagi maydon, yetib borish qiyin bo‘lgan joylar mavjudligi va preparat sarfi. Aniqlashtirilgan narx obyekt ko‘zdan kechirilgach, xodimimiz tomonidan bildiriladi.

Chumolilarni yo‘q qilish

Kvartiradagi chumolilar

Bog‘dagi chumolilar

Arizani qoldiring